Poytaxtga kirish uchun yana bir ko‘prik qurish taklif qilindi

Jamiyat

image

Chirchiq daryosi ustida yana bir ko‘prik qurilishi taklif qilindi. Bu haqda “Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portaliga Savdo va uy-joy xo‘jaligi yo‘nalishida Saburova Juldizxan tomonidan joylashtirilgan petitsiyada keltirib o‘tilgan.

Murojaatga asosan, O‘rtachirchiq tumanidan Qo‘yliq bozorigacha bo‘lgan yo‘lda tirbandlik (Bektemir posti-Qo‘yliq) ertalabdan kechgacha davom etadi. Toshkent viloyatidan Toshkent shahriga kirib keladigan avtomobillar juda ko‘p. Shuningdek, shaharga kelib ishlaydigan insonlarning soni ham ko‘p. 

Qayd etilishicha, aholi boshiga tushayotgan shu va boshqa muammolar (Bektemir postidan Qo‘yliqqacha avtomobil yo‘lining juda torligi)ni bartaraf etish maqsadida Chirchiq daryosi ustida Qo‘yliq bozoriga va keyinchalik shaharga kirishni ta’minlaydigan ko‘prik qurilishi (bu bilan bog‘liq yana bir avtomobil yo‘li yoki eski mavjud yo‘llarni kengaytirish) maqsadga muvofiq.

Murojaat so‘ngida Toshkent viloyatidan (Nurafshon shahri yo‘li - O‘rtachirchiq tumani) Toshkent shahriga kirish uchun Chirchiq daryosi ustiga yana bir ko‘prik qurish taklif qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

petitsiya Poytaxt

Baholaganlar

109

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing