Poytaxtda soxta Milliy gvardiya mayori qo‘lga olindi

Jamiyat

image

Toshkent shahrida o‘zini Milliy gvardiya xodimi deb tanishtirib, odamlarning pulini olib, firibgarlik qilgan ayol qo‘lga olindi. Bu haqda Milliy gvardiya Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Fuqarolar tomonidan Milliy gvardiyaga kelib tushgan murojaatlarning birida “Gulbahor” ismli ayol o‘zini “mayor” unvonidagi “Milliy gvardiya xodimi” deb tanishtirib, ishga kiritib qo‘yish uchun 15 mln 800 ming so‘m va 300 AQSH dollari miqdoridagi pul so‘ragani ma’lum qilingan. Ayol shu kabi boshqa masalalarda fuqarolarning ishonchiga kirib ulardan katta miqdordagi pul mablag‘larini undirgan.

Ushbu holatga aniqlik kiritish maqsadida Milliy gvardiya mas’ul xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida “Gulbahor” ismli ayol qo‘lga olinib Toshkent shaxar IIBga topshirilgan.

Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida ushbu ayol 1966 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan, muqaddam 3 marotaba sudlangan, bugungi kunda Toshkent shahri, Sirg‘ali tumanida ro‘yxatsiz yashab kelayotgan fuqaro G.Sultonova ekanligi ma’lum bo‘lgan.

Bugungi kunda Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan fuqaro Gulbahorga nisbatan JKning 168-moddasi (“Firibgarlik”) va 211-moddasi (“Pora berish”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

firibgarlik

Baholaganlar

620

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing