Poytaxtda sodir bo‘lgan yong‘inlar haqida ma’lumot berildi
Jamiyat
−
04 Sentabr 2019
3687Joriy yilning 3-4 sentyabr kunlari Toshkent shahrida 4 ta yong‘in holati qayd etildi. Ularning barchasi qurigan o‘simlik va chiqindilarni yonishi bilan bog‘liq bo‘lgan yong‘inni tashkil etmoqda. Bu haqda Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Yong‘inda insonlarni halok bo‘lish va tan jarohati olish holatlari qayd etilmadi.
Shu munosabat bilan, Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha ob’ekt rahbar hamda xodimlarini, shuningdek fuqarolarimizni yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etishlarini so‘rab qoladi.
LiveBarchasi