Toshkentda yo‘lovchi avtobusi yonib ketdi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Yangihayot tumani “Qipchoq” metro bekati yonidagi avtostansiyada yo‘lovchi avtobusi to‘liq yonib ketgani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyati axborot xizmati rasmiy ma’lumot berdi. 

Qayd etilishicha, bugun, 13 noyabr kuni 2022 yilda ishlab chiqarilgan MAN rusumli avtobusning haydovchi o‘rindig‘i orqasida joylashgan elektr simlari birlashgan blok qismida qisqa tutashuv sodir bo‘lib, yong‘in yuzaga kelgan. Yong‘in qutqaruv bo‘linmalari voqea joyiga soat 16:36 da yetib borib yong‘in bartaraf etilgan.

“Hodisa natijasida jabrlanganlar va jarohat olganlar yo‘q. Hozirda,  “Toshshahartransxizmat” AJning Ishlab chiqarish texnik bo‘limi xodimlari tomonidan ham xizmat tekshiruvi olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 8 noyabr kuni Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida ISUZU rusumli avtobus va Cobalt ishtirokida YTH sodir bo‘lishi oqibatida yengil mashina yonib ketgan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Yong'in avtobus Yangihayot MAN

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing