Poytaxtda radarlar soni yana bittaga ortdi

Jamiyat

image

28 mart kuni Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanidagi Mirobod ko‘chasiga tezlikni qayd etadigan statsionar radar o‘rnatildi. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, bu kabi qurilmalar avtomatik ravishda real vaqt rejimida tezligi belgilangan me’yordan yuqori bo‘lgan transport vositalarini aniqlaydi va uning davlat raqami, voqea sanasi va vaqti hamda manzilini “O‘zbekiston pochtasi” Toshkent shahar filialining ma’lumotlarni qayta ishlash markaziga yuboradi. Qoidabuzarga esa bu haqda pochta orqali ma’lumot yuboriladi.

Bu esa qoidabuzar va YPX xodimining to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatishiga imkon qoldirmaydi va korrupsiyaning oldini olgan holda tomonlarning vaziyatga aralashuviga chek qo‘yadi.

“Haydovchilardan yo‘llarda e’tiborli hamda ehtiyot bo‘lishlarini so‘raymiz. Tezlikni oshirmang. Yodda tuting: nafaqat o‘zingizni, balki boshqalarning hayoti va sog‘lig‘i sizning yo‘ldagi xatti-harakatingizga bog‘liq” deya ogohlantiradi poytaxt militsionerlarining bosh mahkamasi.


Maqola muallifi

Teglar

IIBB radar Toshkent shahri

Baholaganlar

28

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing