Poytaxt va Toshkent viloyatidagi hokimliklar mas’ullari pora bilan ushlandi
Jamiyat
−
17 dekabr 2020
19810Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi ayrim hokimliklarda qator korrupsiya holatlarini aniqladi. Bu haqda DXX va Departament xodimlari birgalikda o‘tkazgan korrupsiyaga qarshi tezkor tadbirlarida ma’lum bo‘ldi.
Poytaxtning tuman hokimliklaridan birida ishlovchi mansabdor shaxs Navoiy viloyatida ro‘yxatdan o‘tgan MCHJga Toshkent shahri hududidan 16 sotix yer maydonini rasmiylashtirib, Toshkent shahar hokimining tegishli qarorini chiqartirib berish evaziga tadbirkordan 352 ming AQSH dollari talab qilgan.
Ushbu mansabdor shaxs so‘ralgan pulning 35 ming dollarini olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Xuddi shunday holat Toshkent viloyatidagi shahar hokimliklaridan birida ham sodir bo‘ldi. Mas’ul lavozimda ishlovchi shaxs mahalliy fuqaroga shahar hududidan 15 sotix yer maydoni olishda yordam berish evaziga 15 ming dollar so‘ragan.
U so‘ralgan pulning 4500 dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Surishtiruv davomida u muqaddam 5500 dollar olgani ham aniqlangan.
LiveBarchasi