Poytaxt Toshkentda ham qor yog‘moqda
Jamiyat
−
08 aprel 2020
7066Poytaxt Toshkentda bugun, 8 aprel kuni soat qor yog‘di. Soat 17:00 atrofida boshlangan yog‘ingarchilik hamon davom etmoqda.
Bugun tushga yaqin poytaxtda yomg‘ir boshlangan edi. Ko‘p o‘tmay u qorga aylandi.
Avval xabar berganimizdek, kecha, 7 aprel kuni Samarqand viloyatining Qo‘shrabot tumanida, bugun, 8 aprel kuni Jizzax viloyati, Forish tumani, Uxum qishlog‘ida qalin qor yog‘di.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda aprel oyi yilning eng yog‘inli oylaridan biri hisoblanadi. Odatda, aprelga qaraganda faqat mart oyi yog‘inlar bo‘yicha ustun turadi. O‘tgan 2019 yil aprel oyi esa eng yog‘inli, mamlakatning ayrim mintaqalarida esa O‘zbekistondagi butun meteorologik kuzatuvlar tarixi davomida eng yog‘inli deb qayd etilgan.
Avvalroq, 7-9 aprel kunlari O‘zbekiston hududiga Volgabo‘yi rayonlari (Astraxan) orqali Rossiyaning Yevropa hududi (Moskva oblasti) ustida shakllangan nam va sovuq havo oqimlari kirib kelishi xabar qilingan edi.