“Bahor o‘rtasida qishning nafasi”. Jizzaxda qor yog‘di (video)

Jamiyat

−

image

Bugun, 16 aprel kuni Jizzax viloyati Zomin tumanida joylashgan Suffa hududida bahor fasliga qaramasdan qor yog‘di. Bu haqda “O‘zgidromet” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, soat 09:45 dan boshlab Zomin tumanining Suffa hududida dengiz sathidan 2400 m balandlikda o‘rtacha qor yog‘moqda. Qor balandligi 2 sm ni tashkil etgan.

Qayd etilishicha, ushbu ob-havo holati oqibatida hech qanday talafotlar yoki favqulodda vaziyatlar kuzatilmagan.

Hodisa sodir bo‘lgan nuqtaning geografik koordinatalari 39°37ʼ36.4 shimoliy kenglik va 68°28ʼ19.5 sharqiy uzunlik sifatida qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 14-17 aprel kunlari O‘zbekiston hududiga nam va salqin havo massalari kirib kelishi haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing