Video: Toshkentda guruhlar o‘rtasida janjal chiqdi. IIBB holatga izoh berdi
3-sahifa
−
28 Sentabr 2020
24306Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda ikki guruh o‘rtasida janjal yuz bergani aks etgan video tarqaldi. Janjal reperlar o‘rtasida bo‘lgani aytilgan. Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi hodisaga munosabat bildirdi.
Boshqarma mazkur videotasvirni o‘rganish jarayonida quyidagilar aniqlagan. Holat joriy yilning 26 sentyabr kuni soat 15:30 larda Yunusobod tumanidagi “Zarafshon” savdo-ko‘ngilochar markazi yonida sodir bo‘lgan. Yaqin o‘rtada xizmat olib borayotgan ichki ishlar organlari xodimlari janjalni ko‘rib, zudlik bilan hodisa joyiga yetib borgan, biroq janjal ishtirokchilari ichki ishlar organlari xodimlarini ko‘rib qochib ketishgan.
Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, janjal ishtirokchilarining shaxsiga aniqlik kiritilmoqda.
Qayd etilishicha, mazkur holat Toshkent shahar IIBB rahbariyati tomonidan nazoratga olindi. Tekshiruv yakuni bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.