Poytaxt g‘aznasini kimlar to‘ldirayotgani ma’lum bo‘ldi
Olam
−
21 noyabr 2019
8299Migrantlar Moskva byudjetiga qancha daromad keltirgani ma’lum bo‘ldi. Moskva byudjetiga joriy yil boshidan patentlar rasmiylashtirishdan 13 milliard rubldan ortiq mablag‘ kelib tushgan. Bu haqda poytaxt meriyasidan xabar berilmoqda.
Moskva iqtisodiy siyosat va rivojlanish departamenti rahbari Denis Tixonovning so‘zlariga ko‘ra, 9 oyda mehnat migrantlar Rossiya poytaxtiga 13,2 milliard rubl keltirdi. Bu o‘tgan yilgan nisbatan 1,7 foizga ko‘p.
Ta’kidlanishicha, yanvar-sentyabr oylarida migrantlarga 338 ming dona patent rasmiylashtilgan. Bu o‘tgan yilgan nisbatan 6 foizga oshganini ko‘rsatmoqda.
Meriya ma’lumotlariga ko‘ra, 2015 yildan boshlab mehnat migrantlari shahar byudjetiga 72 milliard rubl to‘lagan. Moskvada umumiy hisobda ikki milliondan ortiq patent berilgan.
Eslatib o‘tamiz, tez orada Moskvada patent narxi 350 rublga oshirish rejalashtirilmoqda.
LiveBarchasi