Poytaxt hokimligi ob-havo bo‘yicha aholini ogohlantirdi

Jamiyat

image

Sinoptiklar bugun, 18 may kuni Toshkent shahrida kuchli shamol esishini bashorat qilgan. Shu sababli Toshkent shahar hokimligi poytaxt aholisiga ogohlantirish bilan chiqdi.

“18 may kuni poytaxtimizda kuchli shamol bo‘lishi kutilmoqda. Bu esa o‘z navbatida daraxt va ularning shoxlarini sinishi, mustahkam o‘rnatilmagan turli konstruksiyalarning joyidan qo‘zg‘alishiga, shikastlanishiga sabab bo‘lib, uning ostida va yaqinida turgan insonlar va avtomobillarga zarar yetkazishi mumkin.

Shu sababli avtomobillaringizni daraxtlar va boshqa turli mustahkam bo‘lmagan konstruksiyalardan uzoqroq, xavfsiz joyga qo‘yishingizni, kuchli shamol kuzatilganida ko‘chada harakatlanmasligingizni, uyda qolishingizni  so‘raymiz”, deyiladi hokimlik xabarida.

Ma’lumot uchun, bugun Toshkentda havo harorati +22…+24 daraja bo‘ladi. Vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Momaqaldiroq bo‘lishi ham kutilyapti. Shamol tezligi 5-10 m/s tekzlidkan, 12-17 m/sgacha kuchayishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent ob-havo

Baholaganlar

392

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing