Poyezdda konditsioner ishlamasa, yo‘lovchiga kompensatsiya to‘lanadi
Jamiyat
−
01 avgust
4990Ma’lum bir yo‘nalish bo‘ylab harakatlanayotgan yo‘lovchi poyezd tarkibidagi yo‘lovchi vagonining sovitish tizimlari ishlamaganligi bo‘yicha murojaatlar o‘z tasdig‘ini topgan hollarda, mazkur yo‘lovchilarga havo haroratini mo‘tadillashtirish va sovitish tizimlari ishlamaganligi uchun tegishli miqdordagi pul mablag‘lari kompensatsiya sifatida qaytarib beriladi. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi ma’lum qildi.
Bildirilishicha, qo‘mitaning takliflari asosida kupe tipidagi vagonlarning havo sovitish tizimi uchun to‘lov undirilmasdan chipta narxidan chegirilgan holatda qo‘llanmoqda.
“Hurmatli iste’molchilar, sizda ham yuqoridagi kabi temiryo‘l kassalaridan chipta sotib olingan vaqtda sovitish tizimi (konditsioner) xizmatlari uchun to‘lov amalga oshirilishiga qaramasdan yo‘lovchi poyezdlarida harakatlangan vaqtingizda sovitish tizimi (konditsioner) ishlamaganligidan norozi bo‘lsangiz, Raqobat qo‘mitasi yoki “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJga (poyezdlarda harakatlangan vaqtingizda sovitish tizimi (konditsioner) ishlamayotganligini tasdiqlovchi foto va videomateriallari bilan) murojaat qilishingiz mumkin”, deyiladi xabarda.
Murojaat qilish uchun raqam va elektron pochta manzillari:
-
“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ:
+99871 299-94-50 (1005)
uzjeldorpass@mail.ru
-
Raqobat qo‘mitasi:
+99871 207-47-00 (1159)
info@antimon.gov.uz
Shuningdek, Raqobat qo‘mitasining takliflari asosida “O‘zbekiston temiryo‘llari” AJ tomonidan joriy yilning 19 iyul sanasidan kupe tipidagi vagonlarning havo sovitish tizimi uchun to‘lov undirilmaslikni, ya’ni chipta narxidan chegirilganligi bildirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq bir nechta o‘zbek san’atkorlari yo‘lovchi poyezdning sharoiti yomonligi, jumladan, sovitish tizimi ishlamayotgani, tom qismidan qum tushib, nafas olishga xalal berayotganidan shikoyat qilgandi. Raqobat qo‘mitasi ushbu vaziyatni nazoratga olganini ma’lum qilgandi.
LiveBarchasi