Poyezd tagida qolib ketgan 6 yashar bola vafot etdi

Olam

image

Kecha, 11 fevral kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri shimolida olti yoshli bola elektr poyezdi ostida qolib ketdi. Bola olgan jarohatlari tufayli vafot etdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligining Shimoliy-G‘arbiy federal okrug bo‘yicha transport bo‘limi ma’lum qilgan.

“Fojia soat 18:00 atrofida Laxta-Novaya qishlog‘ida sodir bo‘lgan. Voqea joyiga yetib kelgan shifokorlar bolaga yordam berishga ulgurmagan, u vafot etgan”, deyiladi xabarda.

Keyinchalik transport prokuraturasining aniqlik kiritishicha, bola shifoxonada vafot etgan.

“Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, soat taxminan 17:52 da bola kesib o‘tish uchun belgilanmagan joyda temir yo‘l bo‘ylab yugurib o‘tgan. Haydovchi baland ovozda signal berib, shoshilinch tormozlagan, biroq to‘qnashuvning oldini olishning imkoni bo‘lmagan. Bola shifoxonada vafot etgan”, prokuratura bayonotida.

Mazkur holat yuzasidan Tergov qo‘mitasining G‘arbiy hududlararo tergov boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv tashkil etilgan, hodisa joyida tergovchilar va sud-tibbiyot ekspertlari ishlamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Sankt-Peterburg elektrichka

Baholaganlar

233

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing