Postsovet davlatlarining birida karantin bekor qilindi

Olam

image
0:00
0:00
download

Kecha, 30 iyun kuni Litvada koronavirus pandemiyasi tufayli 2020 yil noyabr oyidan beri amalda bo‘lgan karantin bekor qilindi. Bu haqda TASS xabar bermoqda

Qayd etilishicha, hukumat karantin o‘rniga bir qator soddalashtirilgan rejimni joriy etgan. Ammo bir qator cheklovlar amalda qoldirilmoqda, jumladan, yopiq joylarda tibbiy niqobda yurish tavsiya etilmoqda, xizmat ko‘rsatish joylarida esa ushbu talab majburiy. 

Xabarga ko‘ra, joriy yilning 14 iyun kuni Litvada so‘nggi olti oy ichida kunlik virus bilan kasallanish holati eng past ko‘rsatkichni qayd etgan, jami kunlik 84 kishi ro‘yxatga olingan. Bu erta kuzdan beri kuzatilgan eng past ko‘rsatkich hisoblanadi. 

Eslatib o‘tamiz, Litvada karantin 2020 yilning 7 noyabrida joriy qilingan edi. Shundan so‘ng, 16 dekabrda kuchaytirilib, bir necha marotaba uzaytirilgandi.

Diyora Abdurahmonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Litva

Baholaganlar

131

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing