Portugaliyaning g‘alabalari bizni birlashtiradi – Ronaldu
Sport
−
03 iyun 2022
2702Portugaliyaning g‘alabalari “Manchester United” hujumchisi Krishtianu Ronalduni oldinga harakatlanishga majburlaydi. Bu haqda sportchining o‘zi Instagram'dagi sahifasida yozib qoldirdi.
“Millatlar ligasi – bu kubokni birinchi bo‘lib qo‘lga kiritgan terma jamoa bizmiz va termamiz ushbu musobaqaga abadiy bog‘langan. Bu mavsumda Ispaniyadagi muhim o‘yinda durrang natija qayd etishimiz ambitsiyalarimizni yanada jonlantiradi. Portugaliyaning g‘alabasi bizni harakatga undaydi va har doimgidek birlashtiradi”, degan Ronaldu.
Qayd etish joizki, 37 yoshli hujumchi Millatlar ligasi doirasidagi Ispaniyaga (1:1) qarshi o‘yinning 62-daqiqasida maydonga tushdi, ammo gol ura olmadi.
Portugaliyalik hujumchi terma jamoa safida oxirgi marta 2021 yilning 12 oktyabr kuni gol urgan edi. O‘shanda Ronaldu JCH-2022 saralash bosqichida Lyuksemburgga (5:0) qarshi o‘yinda xet-trik qayd etgan.
Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan mavsumda Ronaldu Angliya Premer ligasida 29 ta o‘yinda maydonga tushib, 18 ta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi. Shuningdek, portugaliyalik iqtidor egasi UEFA Chempionlar ligasining 7 ta o‘yinida 6 ta gol urishning uddasidan chiqdi.
Ma’ruf Abdumalikov
LiveBarchasi