Portugaliyani Yevropa chempioni qilgan murabbiy Ozarbayjon ustoziga aylandi

Sport

image

Ozarbayjon terma jamoasini portugaliyalik murabbiy Fernandu Santush boshqardi. Bu haqda Ozarbayjon futbol federatsiyasi xabar berdi.

Federatsiya ijroiya qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi onlayn tarzda bo‘lib o‘tdi. Muhokamalarda kuchli, raqobatbardosh va muvaffaqiyatli milliy terma jamoani shakllantirish, mamlakatda bolalar futbolini rivojlantirish zarurligi qayd etildi.

Shu munosabat bilan Fernandu Santush jahonga mashhur futbol mutaxassislaridan biri sifatidagi boy tajribasi, professional faoliyatidagi muvaffaqiyatlari, jumladan, Yevropa chempionatida qo‘lga kiritgan muvaffaqiyatlari inobatga olingan holda, Ozarbayjon terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi.

Ozarbayjon va Santush o‘rtasidagi hamkorlik qisqa muddatli emas, balki ma’lum bir davrni qamrab olishini inobatga olib, portugaliyalik mutaxassis oldiga raqobatbardosh jamoa shakllantirish va Yevro-2028 saralash bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etish vazifasi qo‘yilmoqda.

69 yoshli Fernandu Santushning avvalgi ish joyi Turkiyaning “Beshiktosh” jamoasi bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon Fernandu Santush

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing