Portugaliyaliklar arzon uy-joy talab qilib miting uyushtirmoqda

Olam

image

Lissabon va Portugaliyaning boshqa shaharlarida minglab odamlar arzon uy-joy huquqi va ijtimoiy uy-joy fondini kengaytirishni qo‘llab-quvvatlash uchun namoyishga chiqdi. Bu haqda “Reuters” agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, mitingda yig‘ilganlarning ko‘pchligi “Uyga ega bo‘lish har kimning huquqi”, “Ijara hamyonbop bo‘lishi kerak”, deb yozilgan plakatlar ko‘tarib olgan.

“Men uy egasi ijara haqi keskin oshishini e’lon qilishidan doimo qo‘rqib yashayman”, deydi advokat Ana Reys da Silva.

Uy-joy bozoridagi inqirozga duch kelgan Portugaliya hukumati 30 mart kuni mamlakatda 730 ming bino bo‘sh yoki buzilishi kerak bo‘lgan uy-joy fondini ko‘paytirishni ma’qullagan.

Yevropa statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2010 yildan 2022 yilgacha Portugaliyada uy-joy narxi 75 foizdan ortiq, ijara haqi deyarli 25 foizga oshgan.

Mamlakatda o‘tkazilgan tadqiqotda keltirilishicha, Lissabonda bir xonali kvartiraning o‘rtacha ijarasi taxminan 1350 yevroni tashkil qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Portugaliya uy-joy miting

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing