Portugaliyada vafot etgan o‘zbekistonlikning o‘limi sababi ma’lum qilindi
Olam
−
18 iyul 2019
5759O‘zbekiston Respublikasining Madrid shahridagi elchixonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, 2019 yil 15 iyul kuni Faro provinsiyasida (Portugaliya) yurak xuruji natijasida O‘zbekiston fuqarosi S.A. vafot etdi. Bu haqda TIV Matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Hozirda elchixonaning Konsullik bo‘limi Portugaliyadagi o‘zbek diasporasi bilan birgalikda marhum o‘zbekistonlikning jasadini vatanga yuborish bilan bog‘liq konsullik-huquqiy va boshqa masalalarni hal qilmoqda.
Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik izhor etgan hamda Ispaniya va Portugaliyada bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga ular zarurat tug‘ilgan holatlarda Madrid shahridagi mamlakat elchixonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tgan: +34-91-310-16-39.