Portugaliyada germaniyalik 29 nafar sayyoh vafot etdi
Olam
−
18 aprel 2019
6324Joriy yilning 17 aprel, chorshanba kuni Portugaliyaning Madeyra hududida germaniyalik sayohatchilarni olib ketayotgan turistik avtobus qiyalikdan pastga yumalab ketgan.
RIA Novosti tarqatgan xabarlarga ko‘ra, avtobus haydovchisi nazoratni qo‘ldan chiqargan. Natijada, 29 kishi hayotdan ko‘z yumgan. Yana 27 kishi tan jarohati olgan. Jarohatlanganlarning ayni damdagi ahvoli haqida ma’lumotlar mavjud emas.
Ma’lum qilinishicha, Madeyra shahridagi yo‘llar juda tor va bu holat haydovchiga katta qiyinchiliklarni keltirib chiqargan.