Portugaliya Yevropada yana bir bor tengsiz

Sport

image

Kecha, 9 iyun kuni Yevropa millatlar ligasining final uchrashuvi o‘tkazildi. Unda mezbon Portugaliya Gollandiya terma jamoasiga qarshi bahs olib bordi. 

UEFA Millatlar ligasi ilk g‘olibini o‘yin davomida kiritilgan yagona gol aniqlab berdi. Amaldagi Yevropa chempionlari Portugaliya futbolchilari qit’ada tengsiz ekanliklarini YeVRO-2020 oldidan yana bir bor isbotladi.

Ma’lumot uchun Portugaliya Fransiya yashil maydonlarida o‘tkazilgan YeVRO-2016 musobaqasi finalida ham 1:0 hisobida raqiblarini taslim etgan edi.

Portugaliya - Gollandiya 1:0 (0:0, 1:0).
Portu shahri, “Dragau” stadioni. 

Gol: 1:0 – Gonsalo Gedesh (60).

Portugaliya: Ruy Patrisiu, Joze Fonte, Rafael Gerreyru, Nelson Semedu, Ruben Diash, Danilo, Vilyam Karvalyu (Ruben Nevesh, 90+3), Bernardu Silva, Brunu Fernandesh (Joau Moutino, 81), Gonsalo Gedesh (Rafa Silva, 75), Krishtianu Ronaldu.

Gollandiya: Yasper Sillessen, Matteys de Ligt, Deyli Blind, Denzel Damfris, Virjil van Deyk, Marten de Ron (Lyuk De Yong, 82), Jorjino Veynaldum, Frenki de Yong, Stiven Bergveyn (Doni Van De Beyek, 60), Rayan Babel (Kuinsi Promes, 46), Memfis Depay.

Ogohlantirishlar: Damfris 88, De Yong 90+1


Maqola muallifi

Teglar

Portugaliya Evropa millatlar ligasi

Baholaganlar

5

Reyting

2.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing