Portugaliya Prezidenti issiqda hushidan ketib, yiqilib tushdi (video)
Olam
−
06 iyul 2023
9420Joriy yilning 5 iyul kuni Portugaliya Respublikasi Prezidenti Marselo Rebelo de Sousa Kaparika shahridagi Fan va texnologiya universitetiga tashrifi chog‘ida hushidan ketdi. Shundan so‘ng u Santa Kruz kasalxonasiga olib ketilgan. Bu haqda “Portugal resident” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, Prezident Marselo Rebelo de Sousa Lissabonda yangi ochilgan universitetidagi tashrifidan so‘ng o‘zini yomon his qilgan. Yengil tamaddi qilgan Prezident gipovolemiyani (qon bosimining pasayishi) boshidan kechirib, bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi va holdan toyishi oqibatida hushidan ketib, yiqilib qolgan.
Mamlakat Bosh vaziri Antonio Kostaning so‘zlariga ko‘ra, u allaqachon Prezident bilan gaplashgan va uning sog‘ligi joyida.
“Prezidentdan kamroq harakat qilishni so‘rashdan ma’no yo‘q. Bu uning tabiatiga xos emas. Men shtab boshlig‘iga qo‘ng‘iroq qilganimda go‘shakka Prezident javob berdi. U yaxshi kayfiyatda kasalxonani tark etishga umid qilmoqda”, deydi Bosh vazir.
Ma’lumot uchun, Marselo Rebelo de Sousa 2018 yilda ham Braga shahridagi Bom Jesus ziyoratgohiga tashrif buyurgan paytida suvsizlanishga olib kelgan o‘tkir ovqatdan zaharlanib, hushidan ketgan edi.
LiveBarchasi