Portugaliya chempionatida g‘aroyib voqea sodir bo‘ldi

Sport

image

Portugaliya chempionatining 12-turidan o‘rin olgan “Belenensesh” – “Benfika” uchrashuvi noma’lum sabablarga ko‘ra to‘xtatildi.

Mezbonlar bazasida koronavirus tarqalishi sababli ular o‘yinga bor-yo‘g‘i to‘qqiz nafar futbolchini maydonga tushira oldi, ulardan ikkitasi ham darvozabon edi. Bir darvozabon o‘ng qanot himoyachisi sifatida o‘ynagan.

Birinchi bo‘limdan so‘ng, “Belenensesh” 0:7 hisobida mag‘lub bo‘lishi taxmin qilingandi.

Uchrashuvning ikkinchi bo‘limi uzoq vaqt boshlanmadi, ammo mezbodarning yetti nafar futbolchisi kechikib bo‘lsa-da maydonga chiqib keldi. Biroq oradan ikki daqiqa o‘tib, futbolchilardan biri jarohat olib maydonni tark etdi.

Natijada o‘yin to‘xtatildi, chunki reglamentga ko‘ra maydonda har bir jamoadan kamida yetti nafar futbolchi bo‘lishi kerak. O‘yin oxiriga qadar davom etmagani uchun, “Benfika”ga 3:0 hisobida texnik g‘alaba yozildi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Portugaliya Benfika Belenensesh

Baholaganlar

671

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing