Portlash oqibatida 11 yashar qiz og‘ir kuyish jarohatini oldi

Jamiyat

image

Kecha, 14 aprel kuni Qashqadaryoda yuz bergan hodisa natijasida 11 yashar qiz og‘ir kuyish jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizidi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Gap shundaki, Qashqadaryo viloyatining Nishon tumanida 14 aprel kuni soat 17:20larda Guliston mahallasida yashovchi 11 yoshli 4-sinf o‘quvchisi S.N. uyi hovlisida o‘choqqa yelim idishda bo‘lgan gaz kondensatini sepgan vaqtida chaqnash sodir bo‘lgan.

Natijada S.N. kuyish jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 

Shunga o‘xshash hodisa, 14 aprel kuni soat 12:00 atrofida 
Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida sodir bo‘lgan.  Fuqaro D.O. Abkash qishloq hududida joylashgan fermerlarga yoqilg‘i quyish shahobchasida 5 tonnalik solyarka saqlash yomkostini payvandlayotgan vaqtida chaqnash sodir bo‘lgan.

Natijada D.O. kuyish jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Surishtiruv ishlari olib bormoqda.   

Ichki ishlar vazirligi fuqarolardan yoqilg‘i mahsulotlaridan foydalanayotganda yong‘in xavfsizlik qoidalariga rioya qilishlarini so‘ramoqda.
 


Maqola muallifi

Teglar

Yong'in Qashqadaryo Portlash

Baholaganlar

43

Reyting

2.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made