Poroshenkoga nisbatan navbatdagi jinoiy ish ochildi
Olam
−
06 avgust 2019
3339Panama prokuraturasi Ukrainaning sobiq prezidenti Pyotr Poroshenkoga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Bu haqda huquqshunos Andrey Portnovga asoslanib, “Sputnik” yozmoqda.
Qayd etilishicha, Poroshenko va uning yaqinlari Panamada jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni yashirgan.
Huquqshunosning ma’lum qilishicha, sobiq rahbar Ukraina byudjetiga soliq to‘lamagan va tasarruf qilingan mablag‘larni yuvgan.
Panama huquqni muhofaza qiluvchi organlari huquqshunosning arizasini bir oy davomida o‘rganib chiqib, jinoiy ish qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilgan.
Portnov Ukraina Bosh prokuraturasining xalqaro xizmatlari butun dunyo bo‘ylab Poroshenko hisoblari va aktivlarini hibsga olish uchun iltimosnoma yo‘llashiga umid bildirgan.
Hozirda Ukrainada Poroshenko va uning jamoasiga qarshi 11 ta jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Jumladan, unga nisbatan davlatga xiyonat ayblovi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
LiveBarchasi