Poroshenkoga nisbatan davlatga xiyonat bo‘yicha jinoiy ish ochildi
Olam
−
20 may 2020
7630Ukrainaning sobiq Prezidenti Petro Poroshenkoga nisbatan davlatga xiyonat bo‘yicha jinoiy ish ochildi. Bu haqda mamlakat Bosh prokuraturasi xabar bermoqda.
Bundan tashqari, u o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilganlikda ayblanmoqda.
Ushbu ish AQSHning sobiq vitse-prezidenti Jo Bayden va Poroshenko o‘rtasida bo‘lib o‘tgan suhbatning audio yozuvi paydo bo‘lganidan so‘ng ochildi. Gap shundaki, Baydenning o‘g‘li Ukrainadagi Burisma neft-gaz kompaniyasida faoliyat yuritgan. Kompaniyaning noqonuniy faoliyatini tekshirgan Bosh prokuror Viktor Shokinni iste’fosi uchun katta Bayden Poroshenkoga 1 milliard dollar taklif qilgan.
Shu bilan birga, Shokin Vashington bosimi ostida Bayden ishi bo‘yicha tergovni to‘xtatganini e’lon qiladi. U, shuningdek, o‘ziga nisbatan da’vo qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Poroshenkoni 15 dan ortiq jinoiy ishga aloqador, deb hisoblashmoqda. Ularning ko‘plari uchun u guvoh sifatida javob beradi.
LiveBarchasi