Pornografik mahsulotlar tayyorlagan va tarqatganlar 7 yilgacha qamalishi mumkin
Jamiyat
−
06 aprel 2023
11497Endilikda O‘zbekistonda pornografik mahsulotlarni tayyorlagan, olib kirgan, tarqatgan, reklama qilgan yoki namoyish etganlarga nisbatan belgilangan jazo og‘irlashtirilishi mumkin. Bu haqda bugun, 6 aprel kuni Oliy Majlis Senati tomonidan qabul qilingan “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunda so‘z borgan.
Ma’lum qilinishicha, endilikda yuqoridagi jinoyatlarni sodir etganlar 5 yildan 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin. Amaldagi Jinoyat kodeksining 130-moddasi bo‘yicha esa pornografik mahsulotni tayyorlash, olib kirish, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish voyaga yetmagan shaxsga nisbatan sodir etilganda 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda ayollar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlik uchun jazolar og‘irlashayotgani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, korrupsiya uchun 20 yilgacha qamoq belgilanayotgani ma’lum qilingan.
Nodirjon Madaminov
LiveBarchasi