Pore Habibning futbolkasini kutilgandan ancha qimmatga sotdi

Sport

image

AQSHlik UFC jangchisi Dastin Pore o‘zining so‘nggi jangida kiygan kiyimlari, shuningdek, "Ultimate Fighting Championship"ning amaldagi chempioni Habib Nurmuhamedovga tegishli  futbolkani "Ebay" elektron savdo maydoniga sotuvga qo‘ydi. U Habibning futbolkasini UFC 242dagi jangdan so‘ng olgandi.

Dastin Pore boshlang‘ich narxni 5 ming dollar etib belgilagandi, ammo u yakunda 60 ming 200 AQSH dollariga sotildi. Elektron auksionda hammasi bo‘lib 125 bor pul tikildi. 

Pore har bir jangidan keyin shunday to‘plamlarni sotadi va tushgan mablag‘ni xayriya uchun sarflaydi.
Avvalroq, Nurmuhamedov ham Poredan olgan futbolkani sotib, sportchining xayriya jamg‘armasiga 100 ming AQSH dollari o‘tkazib bergandi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Habib Nurmuhamedov Dastin Por'e

Baholaganlar

172

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing