Pompeo: “Ukraina Qrimni butunlay boy berdi”

Olam

image

AQSH Davlat kotibi Mayk Pompeo Ukraina Qrimni butunlay boy berganini ma’lum qildi. Bu haqda Ukrainaning “NV” nashri yozmoqda.

Amerika diplomatiyasi rahbari 31 yanvar kuni Ukrainaga tashrif buyurdi. OAV xabarlariga ko‘ra, yopiq uchrashuvlardan birida u “Qrim yo‘qotildi. Jahon o‘yinchilari buni tushunishadi. Ukraina Qrimni berib qo‘ydi...”, deb aytib o‘tgan.

Shu kuni Davlat departamenti vakili Morgan Ortagus Rossiya Qrimni qaytib bermasa, Vashington unga nisbatan sanksiyalar qo‘llashda davom etishini ma’lum qildi. Shuningdek, 31 yanvar kuni Yevropa Kengashi Parlament Assambleyasi Moskvadan “Minsk kelishuvlari”ni bajarishni va Qrimni Kiyevga qaytarishni talab qildi. Tashkilot, shuningdek, Moskvani “Ukraina sharqidagi harbiy harakatlarga aralashmaslikka” chaqirdi.

Ma’lumot o‘rnida, Qrim Rossiyaga 2014 yil bahorida, yarimorol aholisi o‘rtasida o‘tkazilgan referendumdan keyin qo‘shilgan. Qrim hududi Rossiya tomonidan bosib olindi, deb hisoblovchi Kiyev, AQSH va YeI mamlakatlari ushbu referendumni haligacha tan olmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Pompeo

Baholaganlar

263

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing