Pompeo Qozog‘istonni Xitoyga qarshi “tish qayrash”ga chaqirdi

Olam

image
Qozog‘iston Uxandan o‘z fuqarolarini evakuatsiya qildi north_east

Qozog‘iston Uxandan o‘z fuqarolarini evakuatsiya qildi

AQSH Davlat kotibi Mayk Pompeo Qozog‘istonni Shinjondagi musulmon ozchiliklariga nisbatan munosabatga javoban Xitoyga bosim o‘tkazishga chaqirdi.

Pompeo mamlakat poytaxti Nur-Sultonga tashrifi chog‘ida bu masalani Qozog‘iston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Muxtor Tleuberdi bilan suhbatda muhokama qilganini aytdi.

“Inson huquqlarini himoya qilish millat ruhini belgilab beradi. Biz odam savdosi va Shinjonda Xitoy kommunistik partiyasi tomonidan qo‘lga olingan bir milliondan ortiq uyg‘ur musulmonlari va etnik qozoqlarning taqdirini muhokama qildik", deydi Pompeo.

Ma’lumki, Pompeo shu kunlarda sobiq ittifoq mamlakatlariga safar qilmoqda. Kecha Balarusda bo‘lgan AQSH diplomati 2 fevral kuni Qozog‘istonda bo‘lib turibda. 

“Amerika Qo‘shma Shtatlari barcha davlatlarni biz bilan birga bo‘lishga va ushbu qatag‘onlarga zudlik bilan chek qo‘yishni talab qilmoqda. Biz shunchaki ulardan Xitoydan qochmoqchi bo‘lganlarga boshpana va yordam berilishini so‘raymiz", deya qo‘shimcha qildi Pompeo.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti va inson huquqlari guruhlarining hisob-kitoblariga ko‘ra, 1 milliondan 2 milliongacha, asosan uyg‘ur musulmonlari Pekin terrorizmga qarshi kurash kampaniyasi doirasida og‘ir sharoitlarda hibsga olingan.

Xitoy bir necha bor uyg‘urlarga nisbatan shafqatsiz munosabatni rad etib, lagerlarni qayta o‘qitish markazlari deb da’vo qilmoqda.

Oq uy vakilining aytishicha, AQSH Qozog‘istonga qo‘shni Xitoyda koronavirus tarqalishidan himoya qilishda yordam bermoqda.

Shinjonga nisbatan Xitoyni tanqid qilishdan o‘zini tiyayotgan Tleuberdi, Uyg‘ur mavzusiga izoh bermadi va buning o‘rniga iqtisodiy va xavfsizlik sohasidagi hamkorlikka e’tibor qaratdi. Shuni alohida qayd etib o‘tish o‘rinliki, Xitoy Qozog‘istonning AQSH qadar ham istisodiy, ham strategik ishonchli hamkoridir. Mintaqada Qozog‘iston va Xitoy munosabatlari kun sayin mustahkamlanib borayotgan bir vaqtda Qozog‘iston qanchalik uyg‘urlar himoyasiga otlanishini taxmin qilish qiyin.

Nurulloh Sharipov

 


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Xitoy Mayk Pompeo

Baholaganlar

311

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing