Politsiyachini urib yuborgan avtomobilda Nurmuhamedov bo‘lgani tasdiqlandi 

Sport

image

Bellator jangchisi Usmon Nurmuhamedov 11 noyabr kuni “Kaspiysk” aeroporti yaqinida politsiyachini urib yuborgan “Toyota Camry” avtomobili haydovchisi ekani tasdiqlandi.

Xabarlarga ko‘ra, politsiya xodimi Usmonni tanigan, chunki nazorat-o‘tkazish punktidan o‘tish vaqtida haydovchining yon oynasi ochiq bo‘lgan.

Xabib Nurmuhamedovning amakivachchasi hisoblangan Usmon va uning do‘sti Kamol Idrisov 39 yoshli politsiya kapitani Aleksey Nazarovni mashinada urib yuborgan va voqea joyidan qochib ketgani uchun qo‘lga olingani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Idrisov 2022 yilning 11 yanvariga qadar uy qamog‘iga, so‘ngra tergov izolyatoriga jo‘natilgan. Usmon Nurmuhamedov esa mashg‘ulotdan so‘ng, orqa o‘rindiqda uxlab qolganini ta’kidlagan edi.

Ma’lumot uchun, Usmon Nurmuhamedovni ko‘pchilik bo‘lajak MMA yulduzi sifatida biladi. 23 yoshli jangchi Bellator promoushenida jang qiladi va 14 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan. 


Maqola muallifi

Teglar

Habib Nurmuhamedov MMA Bellator Usmon Nurmuhamedov

Baholaganlar

1444

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing