Politsiya xodimi qidiruvdagi o‘zbekistonlikni otib tashladi
Olam
−
07 iyun 2019
8750Moskvada politsiya xodimi qochishga uringan O‘zbekiston fuqarosini otib qo‘ydi. Bu haqda TASS xabar berdi.
O‘zbekistonlik erkak “Koptevo” IIBdan qochishga va politsiya xodimining to‘pponchasini olib qo‘yishga uringani ta’kidlanyapti.
“Moskva shimolidagi “Koptevo” IIBga mastlik alomati bo‘lgan haydovchini olib kelishgan. Ammo u kutilmaganda oynadan sakrab politsiya bo‘limidan qochishga urindi. Politsiya xodimi uni quvib yetganda, qochoq undan to‘pponchasini olib qo‘yishga uringan. Natijada IIV xodimi uni otib qo‘ygan”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, haydovchi yo‘l-harakati qoidasini qo‘pol tarzda buzgan. “Koptevo” IIBda suhbat davomida qoidabuzar O‘zbekistonda qidiruvga berilganini tan olgan.
Mazkur holat yuzasidan tekshiruv boshlangan. Politsiya xodimi qurolni qonunga muvofiq qo‘llagani alohida ta’kidlangan. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, protsessual qaror qabul qilinadi. Hozirda vafot etgan shaxsning shaxsini aniqlash ishlari olib borilyapti.
LiveBarchasi
Samarqand shahrida metro quriladi.
14 yanvar
Dollar kursi pastladi.
14 yanvar