Ertaga Istanbuldan bemor fuqarolar O‘zbekistonga olib kelinadi
O‘zbekiston
−
06 Iyul 2020 14630 1 daqiqa
Ertaga, 7 iyul kuni Toshkent-Istanbul-Toshkent yo‘nalishida charter reys amalga oshiriladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, parvozga konsullik muassasalari tomonidan fuqarolar ro‘yxatga olinadi hamda Uzbekistan Airways aviakompaniyasiga taqdim etiladi. Ushbu ro‘yxat asosida fuqarolar samolyot bortiga kiritiladi.
Ta’kidlab o‘tish joizki, ro‘yxatga, birinchi navbatda, bemor fuqarolar, yosh bolali va homilador ayollar hamda bekor qilingan doimiy aviaqatnovlarga chipta xarid qilgan fuqarolar qo‘yiladi.
“Chiptalarni fuqarolar parvozdan 4 soat oldin xorijiy mamlakatlarning xalqaro aeroportlaridagi Uzbekistan Airways aviakompaniyasining kassalaridan olishlari mumkin bo‘ladi”, deyiladi xabarda.
O‘zbekistonda bepul ta’minlanadigan karantin markazlari va karantin o‘tkazish mumkin bo‘lgan pullik mehmonxonalar bo‘lib, mamlakatga kirib kelayotganlar o‘z xohishiga ko‘ra, 14 kunni ulardan birida o‘tkazishi mumkin.
Live
BarchasiZangiotadagi binoda yong‘in chiqdi
15 Noyabr
Sudan armiyasi nazoratni qayta tikladi
15 Noyabr
Qora dengizda dron kemaga hujum qildi
15 Noyabr