Polshada o‘zbekistonlik YTHga uchradi

Olam

image

O‘zbekiston fuqarosi Polshada yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Joriy yilning 12 noyabr kuni sodir bo‘lgan YTH oqibatida o‘zbekistonlik G‘.B. ko‘p sonli jarohatlar bilan Poznan shahri shifoxonasiga yotqizilgan. Uning sog‘ligi holati og‘ir deb baholanmoqda va u koma holatida intensiv terapiya bo‘limiga joylashtirilgan.

O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasi vaziyatni nazoratga olgan va vakolatli organlar bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi. Poznan shahri Politsiya boshqarmasi tomonidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Konsullik-huquqiy departament Polsha hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga zarurat tug‘ilgan holatlarda O‘zbekistonning Varshava shahridagi elchixonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tdi: +48-22-894-62-30 (2)


Maqola muallifi

Teglar

YTH Pol'sha

Baholaganlar

32

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing