Polshada shouga tayyorlanayotgan qiruvchi samolyot qulab tushdi (video)
Olam
−
29 avgust 2025 6796 1 daqiqa
Kecha, 28 avgust kuni Polshada aviashou mashqi vaqtida F-16 qiruvchi samolyoti halokatga uchradi. Oqibatda uchuvchi halok bo‘ldi. Bu haqda Polsha radiosi xabar berdi.
Mamlakat hukumati matbuot kotibi Adam Shlapkaning ma’lum qilishicha, samolyot markaziy Polshaning Radom shahrida qulagan.
Qiruvchi Radom xalqaro aviasaloni doirasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan aviashou mashqlari vaqtida halokatga uchragan. Tadbir shu hafta oxiri – 30-31 avgust kunlariga belgilangan edi, biroq endi u o‘tkaziladimi-yo‘qmi, noma’lum.
Ijtimoiy tarmoqlarda voqea guvohlari tomonidan olingan videolar e’lon qilindi. Ularda qiruvchi murakkab harakatlarni bajarayotgani, so‘ng yerga urilib, portlagani aks etgan. Aviahalokat sabablariga hozircha aniqlik kiritilmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Qurolli kuchlari Havo kuchlari uchuvchisi mayor Sergey Bondar jangovar topshiriqni bajarganidan so‘ng MiG-29 qiruvchi samolyotida qo‘nishga harakat qilayotganida halok bo‘lgandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025