Polshada abort tarafdorlari yirik namoyish uyushtirdi

Olam

image

Kecha, 25 oktyabr kuni Polshaning turli shaharlarida minglab norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi. Bunga sabab Respublika Konstitutsiyaviy sudi homila patologiyasi sababli homiladorlikni to‘xtatish mamlakat konstitutsiyasi qoidalariga mos kelmasligi to‘g‘risida qaror qabul qilgani bo‘ldi.

Varshava, Gdansk, Poznan va boshqa shaharlarda namoyishchilar soni bir necha mingga yetdi. Cherkovlarda yangi taqiqqa qarshi namoyishchilar paydo bo‘ldi. Namoyishchilar "Mening tanam – mening tanlovim", "Tug‘uruq haqida nimalarni bilasiz", "Abort – bu huquq", "Cherkov – siyosatdan yo‘qol", kabi so‘zlar tushirilgan bannerlar ko‘tarib olishdi. Kechga kelib poytaxtda joylashgan Prezident saroyi oldida ham namoyishlar davom etdi.

Varshavada ham, boshqa shaharlarda ham abort tarafdorlari va unga qarshilar o‘rtasida janjallar yuzaga keldi. Ko‘pgina aksiyalar ijtimoiy tarmoqlarda namoyish etildi. Poznan va Katovitsa shaharlarida politsiya tomonidan ko‘zdan yosh oqizuvchi gazdan foydalanilganligi xabar qilinmoqda. Namoyishlarning bugun ham davom etishi kutilmoqda.

Polshada homiladorlikning 12-haftasigacha tibbiy asoslarsiz, onaning hayoti va sog‘lig‘iga tahdid qilmasdan yoki homilaning jiddiy patologiyasiz abort qilishni taqiqlovchi murosaga oid qonun 1993 yildan beri amal qiladi. Bundan tashqari, agar bu zo‘rlash sababli bo‘lsa, homiladorlik to‘xtatilishi mumkin. Parlamentda ko‘pchilikni tashkil etgan "Qonun va adolat" partiyasining vakillari homilada biron bir patologiya, shu jumladan, Daun sindromi borligi aniqlansa ham abort qilishga qarshi chiqishdi.

Mamlakat Konstitutsiyaviy sudning so‘nggi qarori “Rasmiy xabarnoma”da e’lon qilinganidan keyin kuchga kiradi. Shundan so‘ng mamlakatda ikki sababga ko‘ra – onaning hayotiga tahdid yoki zo‘rlash oqibatida yuzaga kelgan homilani abort qilishga rasman ruxsat beriladi. Qolgan hollarda abort qildirish taqiqlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Pol'sha

Baholaganlar

112

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing