Polshada 11 kishi legionellyozdan vafot etdi

Olam

image

Polshada legionellyozdan 11 kishi vafot etdi, 144 nafar shaxs esa ushbu kasallikka chalingani aniqlandi. Bu haqda Davlat sanitariya inspeksiyasi ma’lum qildi.

Halok bo‘lganlarning o‘n nafari Jeshuv shahri aholisi, yana biri Jeshuv viloyatidan. Legionellyoz qurbonlarining yoshi 64 yoshdan 95 yoshgacha bo‘lgan, ularning barchasida qo‘shma kasalliklar mavjudligi qayd etilgan.

Jami 144 bemorda infeksiya aniqlangan. Bemorlarning aksariyati Jeshuv shahrida yashagan – 96 kishi, kasallanganlarning 32 nafari esa viloyatdan.

Davlat hududiy sanitariya inspektori Adam Sidorning aytishicha, Jeshuv suv ta’minotidan olingan to‘qqizta suv namunasidan to‘rttasida legionellyoz qo‘zg‘atuvchisi legionella bakteriyalari borligi aniqlangan. Bundan tashqari, ularning ikkitasida bakteriyalar konsentratsiyasi juda yuqori edi.

Ma’lum qilinishicha, shahar suv ta’minoti tizimidan tahlil qilish uchun jami 105 ta suv namunasi tahlil qilingan. Qo‘shni hududlardan sakkizta namuna olingan.

Legionellyoz kasalligi o‘pka infeksiyasi bo‘lib, ichimlik suvi orqali emas, balki infeksiyalangan suv spreyi bilan nafas olish orqali tarqaladi. Kasallik odamdan odamga yuqishi mumkin emas. U kuchli isitma, umumiy intoksikatsiya, o‘pka, markaziy asab tizimi va ovqat hazm qilish organlarining shikastlanishi bilan davom etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Pol'sha legionellyoz

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing