Polsha va Vengriya o‘rtasidagi vaziyat yomonlashmoqda
Olam
−
04 yanvar
14835Polsha yaqin kunlarda Yevropa Ittifoqiga raisligining ochilish marosimida Vengriya elchisi Ishtvan Iydyarto ishtirokini nomaqbul deb topdi. Bu haqda "Onet" xabar berdi.
Qayd etilishicha, Polsha Tashqi ishlar vaziri Radoslav Sikorskiy Vengriya elchixonasiga nota yuborgan, unda Ishtvan Iydyartoning marosimda ishtiroki “mo‘ljallanmagani” ta’kidlangan.
Qo‘shimcha qilinishicha, ushbu qaror Vengriyaning Polsha sobiq adliya vaziri o‘rinbosari Marsin Romanovskiyga boshpana bergani fonida qabul qilingan. Romanovskiy Polshada korrupsiya bo‘yicha jinoiy ishda ayblanmoqda.
Ma’lum qilinishicha, raislikning rasmiy boshlanishi Varshavadagi Milliy Opera teatrida o‘tkaziladi. Tadbirda Polsha Bosh vaziri Donald Tusk, Yevropa Kengashining yangi rahbari Antoniu Koshta hamda Varshavada faoliyat olib borayotgan diplomatlar ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Polshaning Sankt-Peterburgdagi Bosh konsulxonasining uch nafar xodimini persona non grata deb e’lon qilgandi. Bu qaror Polsha tomonidan o‘tgan yilning 30 noyabr kuni Poznandagi Rossiya Bosh konsulxonasining yopilishiga javoban qabul qilingan. Tashqi ishlar vazirligi Polsha hukumati bu harakatni “uydirma sabablar” asosida amalga oshirganini ta’kidlagandi.
LiveBarchasi