Polsha va Rossiya o‘rtasida diplomatik mojaro kelib chiqdi
Olam
−
29 aprel 2023
18567Polsha tomonidan Rossiyaning Varshavadagi elchixonasi qoshidagi maktab binosini qaytarib olinishi ikki davlat munosabatlarini taranglashtirdi. Bu haqda TASS xabar berdi.
Bugun, 29 aprel kuni Polshada meriya vakillari politsiya hamrohligida Rossiyaning Varshavadagi elchixonasi qoshidagi maktab binosiga uni musodara qilish to‘g‘risidagi qaror ijrosini ta’minlash uchun yetib kelgan. Ular Rossiya elchixonasidan maktab darvozasini ochishni talab qilgan, ammo rad javobini olgach, uni buzib, binoga kirgan.
Rossiya tomoni vaziyatga keskin javob berishi bilan tahdid qilgan. Rossiya TIV vakili Mariya Zaxarova holatni provakatsiya deb atagan bo‘lsa, Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev Polsha bilan diplomatik aloqalarni uzishni taklif qilgan. Shuningdek, maktab hududida diplomatik maqomga ega odamlar borligini ta’kidlangan. Polsha hukumati esa maktab xodimlaridan Moskva vaqti bilan soat 19:00 dan oldin binoni tark etishni talab qilgan.
Rossiyaning Polshadagi elchisi Sergey Andreyev esa Polsha rasmiylarining harakatlarini Vena konvensiyasini qo‘pol ravishda buzish va huquqiy o‘zboshimchalik deb atagan. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi javob choralarini ko‘rishga va’da bergan.
Ma’lumot uchun, 1961 yilgi Diplomatik munosabatlar to‘g‘risidagi Vena konvensiyasiga ko‘ra, qabul qiluvchi davlat “qurolli to‘qnashuv bo‘lgan taqdirda ham missiya binolarini, uning mulki va arxivlari bilan birgalikda hurmat qilishi va himoya qilishi” shart.
Polshaning vaziyatga munosabati esa bizroz boshqacha. Rasmiylar maktab binosi Polsha davlatiga tegishli ekanini, biroq Rossiya tomonidan noqonuniy ravishda egallab olinganini aytmoqda. Polsha TIV diplomatik va konsullik maqsadlarida foydalanilmaydigan hamda Rossiya Federatsiyasining noqonuniy egaligida bo‘lgan ikkita ko‘chmas mulk ob’ekti ustidan ish ochishni so‘ragan. Ularning birinchisida Rossiya elchixonasi qoshida maktab bo‘lsa, ikkinchisi esa oldin rus diplomatlari yashagan, ammo hozir aholi yashamaydigan binodir.
LiveBarchasi