Polsha o‘z armiyasini ikki baravarga oshiryapti
Olam
−
28 iyul 2023 6583 1 daqiqa
Polsha "Vagner" yollanma jangchilari va Belarusdagi Rossiya askarlarining faolligi fonida yaqin kelajakda muntazam armiyasini deyarli ikki baravar oshirish niyatida. Bu haqda Polsha Bosh vaziri o‘rinbosari Yaroslav Kachinskiy ma’lum qildi.
Kachinskiyning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda hozirgi uchta bo‘linma o‘rniga yettita bo‘linma tashkil etiladi. Ulardan oltitasi jangovar, yettinchisi zaxirada bo‘ladi.
"Biz harbiy qismlarni tiklayapmiz, yangilarini yaratmoqdamiz. Hozir yangi – oltinchi diviziya tashkil etilmoqda", deydi Kachinskiy.
Shuningdek, Polsha Bosh vaziri o‘rinbosari Varshava NATOning sharqiy qanotida qalqon bo‘lish uchun Yevropadagi eng kuchli quruqlik armiyasini yaratishga intilayotganini ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Polsha Belarus va Rossiya bilan chegarada sapyorlar bataloni tashkil etishini ma’lum qilgandi. AQSH esa Polshani “Vagren”dan himoya qilishga va’da berdi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025