Polsha Ukrainaga ko‘plab T-72 tanklarini jo‘natdi

Olam

image

Polsha hukumati Ukrainaga 200 dan ortiq T-72 tanklari va bir necha o‘nlab piyoda askarlarning jangovar mashinalarini yubordi. Bu haqda Polsha radiosi xabar bergan. 

Ta’kidlanishicha, bu miqdordagi tanklar ikkita brigadani tashkil qilish uchun yetarli. Yetkazib berilgan texnikalar soni haqida rasmiy ma’lumot yo‘q. 

Polsha Milliy xavfsizlik byurosi rahbari Pavel Solox ham raqamni oshkor qilishdan bosh tortgan. 

“Bu juda katta miqdor, men tafsilotlarga to‘xtalmoqchi emasman. Aniq raqamlarni aytmayman. Polsha Ukrainaga harbiy yordam, jumladan T-72 tanklarini yetkazib bergan, yetkazib bermoqda va yetkazib berishda davom etadi”, degan Solox. 

Unga ko‘ra, Polsha Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha yetakchi davlatlardan biri, u AQSH va Buyuk Britaniyadan keyin uchinchi o‘rinda turadi. Respublika allaqachon Ukrainaga umumiy qiymati 1,6 milliard dollardan ortiq qurol yuborgan. Ukraina tomoni bu yetkazib berishlar uchun pul to‘lash yoki to‘lamasligi haqida ma’lumot oshkor etilmagan. Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, qurollarning bir qismi tekinga, bir qismi esa kreditga beriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

340

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing