Polsha Senati spikeri ichida bomba bo‘lgan posilka oldi
Jamiyat
−
21 noyabr 2021
5122Polsha Seymi Senati spikeri Tomash Grodzkiy ichida tahdidli yozuv va portlovchi uskuna bo‘lgan jo‘natma oldi. Bu haqda o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida yozib qoldirgan.
“Siyosiy raqiblarga nisbatan nafrat va gijgijlash aynan mana shu narsaga olib keladi. Senatga mening nomimga jo‘natma keldi – o‘lim tahdidi yozilgan xat va portlovchi moddalar”, degan siyosatchi.
Jo‘natma allaqachon “tegishli xizmatlar tomonidan olib qo‘yilgan”, deya qo‘shimcha qildi u. Parlament yuqori palatasi spikeri ular jinoyatchini tezda qo‘lga olishiga umid bildirgan.
Grodzkiy – Senatning aksariyat a’zolari kabi hukmron “Qonun va adolat” partiyasiga muxolifatda.