Polsha Rossiyaga qarshi “dron devori” yaratmoqchi
Olam
−
04 noyabr 2252 1 daqiqa
Polsha Yevropa Ittifoqi darajasida tashabbus kiritilishini kutmasdan, o‘zining “dron devori”ni yaratmoqchi. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi.
Nashrga ko‘ra, Polsha Yevropa Ittifoqi tashabbusini kutmasdan, bir necha oy ichida milliy aksildron tizimini ishlab chiqishni boshlashni rejalashtirmoqda. Mamlakat Mudofaa vaziri o‘rinbosari Sezari Tomchik vazirlik kengroq havo hujumidan mudofaa dasturi doirasida dushman dronlarini aniqlash, bostirish va zararsizlantirish texnologiyalariga sarmoya kiritilishini e’lon qilishini aytgan.
Polsha hukumati tashabbus e’lon qilinganidan keyin uni uch oy ichida amalga oshirishni boshlashni maqsad qilgan, qarshi uchuvchisiz tizim ikki yil ichida yakunlanishi kutilmoqda.
Qayd etilishicha, “dron devori” loyihasi Germaniya, Polsha, Finlyandiya va Boltiqbo‘yi davlatlarining qo‘shma tashabbusi bo‘lib, Rossiya bilan butun chegarada, shu jumladan Ukrainada ko‘p qirrali kuzatuv tizimi va avtomatlashtirilgan dronga qarshi mudofaa tizimlarini joylashtirishga qaratilgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 10 sentyabr kuni 19 ta Rossiya uchuvchisiz uchish apparati Polsha chegarasini kesib o‘tgandi. Ularni ushlab olish uchun Polsha va boshqa NATO mamlakatlaridan qiruvchi samolyotlar joylashtirilgan. Varshava buni Rossiyaning qasddan hujumi deb e’lon qilgan va Shimoliy Atlantika shartnomasining 4-moddasiga muvofiq, NATO ittifoqchilari bilan maslahatlashuvlar o‘tkazishni so‘ragan. Moskva ayblovlarni asossiz deb rad etgan.
Mohichehra Qadamova
Live
Barchasi