Polsha Rossiya va Belarus bilan chegarasini minalashtirmoqchi

Olam

image

Polsha Rossiya va Belarus bilan chegarasiga milliontagacha piyoda askarlarga qarshi minalar joylashtirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda mamlakat Mudofaa vaziri o‘rinbosari Pavel Beyda RMF FM radiosi efirida ma’lum qildi.

Beydaning so‘zlariga ko‘ra, hozircha Polshada piyodaga qarshi minalar yo‘q, ammo ularni ishlab chiqarish imkoniyati mavjud.

“Chegaradagi vaziyat jiddiy. Gap Polsha-Belarus va Polsha-Rossiya chegarasi haqida ketmoqda. Bu “Sharqiy qalqon” loyihasining bir qismi bo‘ladi. Minalarni Polsha Qurol-yarog‘ ishlab chiqarish zavodlari ishlab chiqaradi, lekin tafsilotlarga to‘xtalmoqchi emasman. Buyurtma bir necha yuz ming donadan iborat bo‘ladi, balki milliongacha yetishi mumkin”, deydi u.

Qayd etish joiz, dunyoda bunday minalarni ishlatish taqiqlangan. Chunki bu minalar urush tugaganidan keyin ham uzoq yillar davomida qolib ketishi va oddiy odamlarga zarar yetkazishi mumkin. Shuning uchun 164 ta davlat 1999 yilda kuchga kirgan Ottava konvensiyasini imzolab, bunday minalardan foydalanmaslikka kelishib olgan.

Endi Polsha, Litva, Latviya va Estoniya bu kelishuvdan chiqmoqchi.

“Rossiya va Belarus bizga tahdid solyapti, biz o‘zimizni himoya qilishimiz kerak”, degan fikrni ilgari surmoqda ushbu davlatlar. 

Tabiiyki, xalqaro tashkilotlar esa bunga qarshi chiqmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Polsha Prezidenti Anjey Duda AQSHdan Rossiyaning bo‘lajak agressiyasini to‘xtatuvchi vosita sifatida Polshaga yadro qurolini joylashtirishni so‘ragandi. 


Maqola muallifi

Teglar

chegara mina Pol'sha Rossiya va Belarus'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing