Polsha Rossiya bilan chegarasini mustahkamlayapti 

Olam

image

Polsha-Rossiya chegarasida kuzatuv tizimlariga ega elektron to‘siqni shakillantirish joriy yilning sentyabr oyida yakunlanadi. Bu haqda bugun, 20 mart kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Polsha chegara xizmati bosh komendanti Tomas Praga ma’lum qildi.

Uning aytishicha, to‘siq chegaraning 200 kilometrini qamrab oladi va unda vaziyatni kechayu kunduz kuzatish imkonini beruvchi sensorlar va kameralar tizimi bo‘ladi. Loyihaning qiymati 82 million dollarga baholanmoqda.

2022 yilning noyabr oyida Polsha Rossiya Federatsiyasining Kaliningrad viloyati bilan chegarasida vaqtincha tikanli simli panjara qurishni boshlagan. Rasmiy Varshavaning takidlashicha, bu qaror Rossiyaning Kaliningrad viloyati aeroportini Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikadan kelayotgan samolyotlar uchun ochgani sababli qabul qilingan.

Shuningdek, Polsha-Belarus chegarasidagi migratsiya inqirozi tufayli Polsha o‘tgan yilning yanvar oyida ushbu uchastkada umumiy uzunligi 186 km bo‘lgan yangi to‘siq qurishni boshlagan. Balandligi 5,5 metrga yetadigan mazkur to‘siq ham zamonaviy kuzatuv uskunalari, jumladan, kameralar va harakat sensorlari bilan jihozlangan.

Ma’lumot uchun, mamlakatning Belarus bilan chegarasining umumiy uzunligi 418 km, Rossiya bilan quruqlikdagi chegarasi 210 kilomertni tashkil etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Pol'sha Pol'sha-Rossiya chegarasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing