Polsha mamlakatni urush holatiga o‘tkazish to‘g‘risidagi qonunni tayyorlamoqda
Olam
−
09:24 562 2 daqiqa
Polsha Milliy mudofaa vazirligi davlatning urushga to‘liq tayyorgarligi to‘g‘risidagi qonun loyihasi ustida ishlamoqda. Bu haqda “Rzeczpospolita” xabar berdi.
Qayd etilishicha, hujjat “Polsha Respublikasining mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, qurolli kuchlar va ichki xavfsizlik uchun mas’ul xizmatlar o‘rtasidagi hamkorlikni yaxshilash hamda amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarni zamonaviy tahdidlarga, xususan, gibrid, kibertahdidlar va dezinformatsiya tahdidlariga moslashtirish” uchun mo‘ljallangan.
Respublika Mudofaa vazirligining tushuntirishicha, ishlab chiqilayotgan qonun loyihasi qo‘shinlarni, shu jumladan ittifoqchi kuchlarni qayta joylashtirishni tezlashtirish, Polshaning mudofaaga javob berish rejasini NATOning javob berish tizimi me’yorlari bilan bog‘lash hamda zarur infratuzilmani tayyorlash imkonini beradi.
Bundan tashqari, hujjat doimiy navbatchilik tizimida va davlat mudofaasini boshqarishni tashkil etishda ishtirok etadigan idoralar va muassasalar ro‘yxatini kengaytiradi. Shunga qaramay, qonun loyihasi uyga qaytish imkoniyati cheklangan boshqaruv punktlaridagi fuqarolik xizmatchilarining ishlash qoidalarini tartibga soladi, noharbiy sohadagi operativ rejalashtirishga va mudofaa dasturlari bo‘yicha hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritadi.
Shuningdek, tayyorgarlik, mudofaa kurslari va mudofaa mashg‘ulotlari qoidalariga tuzatishlar kiritiladi. Hozirgi vaqtda Polshaning mudofaaga tayyorgarligiga oid va davlat mudofaasini boshqarish tizimining faoliyati bilan bog‘liq vakolatlar Vazirlar Kengashining turli qarorlarida belgilab qo‘yilgan, deb tushuntiradi Mudofaa vazirligi.
Qonun loyihasi vazirlikda “pishitilish” bosqichida turibdi. Uning Polsha Seymiga qachon taqdim etilishi hozircha noma’lum. Qonun loyihasining yo‘nalishlarini Milliy xavfsizlik byurosi (BBN) ham kutmoqda. Polsha Mudofaa vazirligi rahbari Vladislav Kosinyak-Kamish tuzatishlar kiritish zaruratini Polsha chegaralari yaqinida raketalar va dronlar bilan bog‘liq hodisalar tez-tez takrorlanayotgani bilan bog‘lagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Agar NATO jamoaviy qaror qabul qilsa va shunday zarurat tug‘ilsa, Latviya yadro qurolini joylashtirish mumkinligi haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi