Polsha Belarus bilan chegarasini mustahkamlayapti

Olam

image

Polsha Belarus va Ukraina bilan chegarasini mustahkamlash ishlarini boshladi. Bu haqda respublika Bosh vaziri Donald Tusk bugun, 11 may kuni chegarada harbiylar va chegarachilar bilan uchrashuvidan so‘ng ma’lum qildi.

"Polsha zamonaviy istehkomlar bo‘yicha jadal ishlarni boshladi, biz keng qamrovli amaliyotlar haqida gapiryapmiz. Biz bu haqda jamoatchilikni xabardor qilamiz", degan Tusk “TVP Info” tomonidan efirga uzatilgan jonli efirida.

Bosh vazir, shuningdek, Yevropa Ittifoqini chegarani mustahkamlashni moliyalashtirishda yordam berishga chaqirib, “gap Yevropa Ittifoqining tashqi chegarasi xavfsizligi haqida ketayotganini” ta’kidlagan. Biroq hukumat rahbari Polsha tomoni Belarus va Ukraina bilan chegarani mustahkamlash bo‘yicha qanday ishlarni amalga oshirmoqchiligiga aniqlik kiritmagan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday qaror qo‘shni respublika rahbari Aleksandr Lukashenko rejimining “bosimi” hamda Rossiya-Ukraina mojarosi va noaniq geosiyosiy vaziyat natijasida yuzaga kelgan tahdidning kuchayishi tufayli qabul qilingan.

Qayd etilishicha, Polsha Mudofaa vazirligi mart oyida milliy xavfsizlik nuqtai nazaridan o‘zining sharqiy chegaralarida qo‘shinlari sonini oshirishi haqida ogohlantirgan. Mamlakat Mudofaa vaziri Vladislav Kosiniyak-Kamish 2024 yilda  Polsha chegarasini noqonuniy kesib o‘tishga 2300 dan ortiq urinishlar sodir etilganini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, aprel oyi boshlarida Finlyandiya hukumati Rossiya bilan chegaradagi nazorat o‘tkazish punktining yopilishini “keyingi ogohlantirishgacha” uzaytirgan edi


Maqola muallifi

Teglar

Pol'sha Donal'd Tusk Belarus'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made