Polsha ham fuqarolarini Rossiyani tark etishga chaqirdi
Olam
−
01 aprel 2023
6897Polsha Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Lukash Yasina mamlakat fuqarolarini Rossiyani tark etishga chaqirdi. Bu haqda u o‘zining Twitter sahifasida yozdi.
Polsha rasmiysi Rossiya xavfsizlik xizmati “The Wall Street Journal” muxbiri Evan Gershkovichni hibsga olishi fonida Varshavaning 2022 yil 3 martdagi o‘z fuqarolariga Rossiyaga bormaslik va uning hududini tark etish tavsiyasilarini eslatgan.
“Tashqi ishlar vazirligi jurnalist Evan Gershkovichning Rossiyada hibsga olinishiga keskin norozilik bildiradi va uning zudlik bilan ozod etilishini talab qiladi. Tashqi ishlar vazirligi jurnalistlar, sportchilar va o‘z kasb burchini bajarayotgan olimlarga nisbatan repressiv harakatlarga munosib javob berilishi kerak, deb hisoblaydi. Shu bilan birga, biz Polsha fuqarolari uchun Rossiya Federatsiyasiga har qanday sayohatga oid ogohlantirishlarni yangilaymiz”, deb yozgan Lukash Yasina.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 30 mart kuni amerikalik jurnalist Evan Gershkovich Rossiyaning Yekaterinburg shahrida josuslikda ayblanib, hibsga olingandi. AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken vaziyatga munosabat bildirib, Amerika fuqarolarini zudlik bilan Rossiyani tark etishga chaqirgandi.
LiveBarchasi