Pokistondagi portlashda olti kishi halok bo‘ldi (video)
Olam
−
27 yanvar
1910Pokistonda tanker portlashi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi, 33 kishi jarohat oldi. Bu haqda “Geo News” xabar berdi.
Qayd etilishicha, hodisa mamlakatning Panjob viloyati Multan shahrida suyultirilgan gaz tashuvchi tankerning portlashi tufayli yuz bergan.
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, tanker klapanlarining biridan gaz sizib chiqqan. Portlashdan so‘ng kuchli yong‘in boshlanib, mashinaning qoldiqlari turar-joy binolari ustiga tushgan. Qayd etilishicha, portlash joyida kamida 20 ta uy butunlay vayron bo‘lgan, yana 70 tasi qisman vayron bo‘lgan. Yong‘in bir necha soat ichida o‘chirilgan.
Avvaliga halokatli portlashda jami besh kishi halok bo‘lgani xabar qilingan edi. Biroq qutqaruv xodimlari portlash oqibatida vayron bo‘lgan uydan yana bir jasadni olib chiqqanidan so‘ng qurbonlar soni olti nafarga yetdi. Sog‘liqni saqlash tashkilotlariga ko‘ra, hozirda 13 nafarga yaqin odam og‘ir ahvolda. Aholining chorva mollari ham nobud bo‘lgan. Voqea joyida o‘ndan ortiq o‘t o‘chirish mashinalari ishlamoqda.
Panjob viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi rahbari Havaja Salmon Rafiqning aytishicha, halok bo‘lganlar orasida voyaga yetmagan qiz va ikki ayol bor.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nigeriyada yonilg‘i tashuvchi tanker portlashi oqibatida 70 dan ortiq odam halok bo‘lgandi, kamida 56 kishi jarohatlangandi. Portlash chorrahada yuk tashuvchi yuk mashinasi YTHga uchraganida sodir bo‘lgan.
LiveBarchasi