Pokistonda besh yulduzli mehmonxonada portlash sodir bo‘ldi

Olam

image

Avvalroq, bir necha qurollangan kishilar Pokistonning Gvadar shahridagi Pearl Continental 5-yulduzli mehmonxonasiga bostirib kirgani haqida xabar bergan edik.

Uch nafar qurollangan jangarining mehmonxonaga bostirib kirishi oqibatida besh kishi halok  bo‘lgan. Bu haqda yakshanba kuni  xabar berilgan.

Manbaga ko‘ra, hujum oqibatida mehmonxonaning 3 nafar xodimi, mehmonxona qo‘riqchisi va bir nafar harbiy zobit halok bo‘lgan. Bundan avvalroq tarqalgan xabarda  hujum sabab mehmonxona qo‘riqchisi halok bo‘lganligi aytilgan edi.

Ta’kidlanishicha, barcha mehmonlar evakuatsiya qilingan. Shundan so‘ng xavfsizlik kuchlari binoda tozalash ishlarini olib borgan. Natijada uch nafar jangari yo‘q qilingan.

Pokiston bosh vaziri Imron Xon ushbu hujumni “ Pokistonning farovonligi va iqtisodiy loyihalarini buzishga urinish” deya baholagan.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

portlash

Baholaganlar

34

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing