Pokistonda poyezd relsdan chiqib ketdi. Qurbonlar bor (video)

Olam

image

Pokistonning Sind viloyatidagi Navabshoh shahrida poyezd vagonining relsdan chiqib ketishi oqibatida kamida 15 kishi halok bo‘ldi, yana 50 kishi jarohatlandi. Bu haqda “Geo News” telekanali politsiyaga tayanib xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda voqea joyida qutqaruv ishlari olib borilmoqda. Yaqin atrofdagi shifoxonalarda favqulodda holat e’lon qilingan. Jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Qo‘shimcha qutqaruv guruhlari voqea joyiga yetib borishi uchun uch soat vaqt kerak bo‘ladi. Hodisa tufayli mazkur yo‘lda poyezdlar harakati to‘xtatilgan.

Hodisa sabablariga oydinlik kiritilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Hindistonda yo‘lovchi poyezdi boshqa poyezdning relsdan chiqib ketgan vagonlarini urib yuborgandi. Oqibatda ko‘plab odamlar halok bo‘lib, 300 kishi jarohatlangan.


Maqola muallifi

Teglar

poezd Pokiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing